Tergov jarayonlariga oid maʼlumotlar oʻrganilmoqda

10:04 23 Avgust 2022 Jamiyat
267 0

22-avgust kuni Komissiya aʼzolari oʻz ishini Shtabga kelgan fuqarolar murojaatlarini qabul qilishdan boshladi. Qabul davomida Qoraqalpogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, olib ketilgan shaxslarning oila aʼzolari 10ga yaqin murojaat qoldirishdi.

Fuqarolar Komissiya faoliyatidan @commissionuz Telegram kanali orqali muntazam xabardor boʻlib turishayotgani va xabarlarni qoraqalpoq tilida ham berib borilayotganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Shundan soʻng, Qoraqalpogʻistondagi voqealar yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishiga jalb qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilayotgan advokatlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Advokatlar bilan uchrashuvlarda asosiy eʼtibor, ularga mijozlari bilan koʻrishishga qarshiliklar bor yoʻqligi, shuningdek, advokatning himoyasida boʻlgan shaxsning hozirgi holatiga qaratildi.

Oʻzaro muloqotda advokatlar tomonidan mijozining jinoyat ishiga bogʻliq holatlar, tergov jarayonlarining borishi va boshqa holatlar boʻyicha axborotlar bayon etildi.

Komissiya aʼzolarining prokuratura organlari masʼul xodimlari bilan boʻlgan uchrashuvda Qoraqalpogʻistonda boʻlib oʻtgan holatlar va voqealar yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlariga oid maʼlumotlar olindi. Xususan, tergov harakatlarining qonunchilikka muvofiq olib borilayotganligi, ushlab turilgan shaxslarning ahvoli, advokatlar bilan taʼminlangani va tergov jarayonida himoyachining doimiy ishtiroki va ularga yaratilgan sharoitlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu kunning oʻzida Yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazilib, unda 30 nafarga yaqin yigit-qizlardan anonim soʻrov olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?