Teraktni rejalashtirishda gumondor boʻlgan 11 kishi ushlandi

GFRning Gessen va Reynland-Pfals federal yerlaridagi qator shaharlarda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan aksilterror operatsiyalari oʻtkazilishi natijasida 11 kishi ushlandi. Bu haqda TASS Frankfurt prokuraturasi maʼlumotlariga asoslanib xabar berdi.
“Salafizm tarafdori boʻlgan Offenbaxda yashovchi 21 yoshli kishi va Visbadenlik 31 yoshli aka-ukalar asosiy gumondorlardir, - deyiladi prokuratura bayonotida. – Ular avtomobil va oʻtochar qurollar yordamida hujum qilishga kelishib olishgan”.
Matbuot xabarnomasida erkaklar “iloji boricha koʻproq odam oʻldirish”ni rejalashtirishgani aytiladi.
Prokuratura versiyasiga koʻra, ushbu shaxslar qurol-yarogʻ yetkazib beruvchilar bilan aloqani yoʻlga qoʻygan va keng gabaritli transport vositasini ijaraga ham olgan.
Boshqa qoʻlga olinganlar terrorchilik harakatiga tayyorgarlik koʻrishga moliyaviy yordam bergan. 200ga yaqin huquq-tartibot vakillari ishtirok etgan tintuvlar chogʻida 20 ming yevro naqd pul, sovuq qurol, giyohvand moddalar va elektron kartalar musodara qilingan.
Barcha gumondorlarni qamoqda saqlash boʻyicha qaror qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring