“Tenglik va shaffoflik tamoyillari taʼminlangan” – xalqaro kuzatuvchilar

12:35 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
131 0

Foto: Халқ сўзи

YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (DIIHB) vakillari Xelen Kornblyum va Pol Sveyne Toshkent viloyatida davom etayotgan saylovni OAVda yoritish jarayonlari bilan tanishmoqda.

— Bugungi saylov jarayonlari OAVda tenglik va shaffoflik tamoyillari asosida yoritilayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Barcha saylov uchastkalari tomonidan taqdim etilayotgan axborotlarda xolislikni, oshkoralik koʻryapmiz. Jarayonlarda ishtirok etayotgan jurnalist va blogerlar uchun axborot olish va uni yoritishda mahalliy hokimiyatlar tomonidan uzviy hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani quvonarli, - deyishdi xalqaro kuzatuvchilar.

Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?