“Temurbeklar maktabi”ning qabul kvotasi oshirildi

14:26 04 Avgust 2022 Jamiyat
371 0

Illustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (03.08. 2022-yil) PQ - 344 sonli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyaning “Termurbeklar maktabi” uchun yillik qabul kvotasi 150 kishini tashkil etadi.

Bunda:

"Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseylari uchun  qo‘shimcha kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va fuqaro tarkibidagi xodimlar shtat birliklari tegishli ravishda Mudofaa vazirligi hamda Favqulodda vazilaytlar vazirligi hamda Milliy gvardiya bo‘linma  qo‘shinlarining belgilangan cheklangan  umumiy soni atrofida ajratiladi;

Har bir "Temurbeklar maktabi"da yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan ta`lim-tarbiya jarayoniga shaxsan aniq hissa qo‘shayotgan  o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash hamda xodimlarga mukofotlar to‘lash hamda moddiy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan ularni rag‘batlantirish uchun byujet mablag‘lari hisobidan Direktor jamg‘armasi tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?