Temur Kapadze: “Futbolchilarim bilan faxrlanaman!”

Diyorimizda oʻtkazilgan futbol boʻyicha U23 Osiyo kubogi finalidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Temur Kapadze ham chempionlik oʻyinidan keyingi fikrlarini bildirib oʻtdi.
“Bugun gʻalaba bilan xalqimizni, muxlislarimizni xursand qilmoqchi edik. Buning uchun uzr soʻraymiz. Chempionlik bu gal nasib qilmagan ekan. Xudo xohlasa, keyingi musobaqada gʻalaba bilan barchani xursand qilamiz”, – dedi T.Kapadze.
– Boʻriyev birinchi gol yuzaga kelgan vaziyat va baʼzi epizodlarda markaziy himoyachilarga qoʻshilib ketdi. Bu sizning koʻrsatmangizmidi?
– Yoʻq, bu faqat oʻsha vaziyatda yuzaga keldi. Bunday vaziyatda hamma sheriklariga yordam berish uchun harakat qiladi. Har bir uchrashuvda yigitlarim qahramonlik koʻrsatishdi. Bugun qayerdadir xato qildik, qayerdadir hayajon uchradi. Bu final bizga katta maktab boʻldi. Bu gʻalabadan keyin yana ham kuchli boʻlamiz.
– Charchoq magʻlubiyatning asosiy sababimi? Yetakchilar nega oʻzlarini koʻrsata olishmadi?
– Charchoq bunday turnirda barchada kuzatiladi. Ayniqsa, finalgacha kelganlarda. Bugun yigitlar borini berib harakat qilishdi. Har xil vaziyatlar bizga salbiy taʼsir qildi. Ayniqsa, maydon bor oʻyinimizni koʻrsatishga halaqit berdi.
– Bu musobaqadan xulosalar . . .
– Asosiy maqsadimiz Parij-2024 yoʻllanmasini qoʻlga kiritish. Shuning uchun harakat qilyapmiz. Finalgacha kelganimiz biz uchun katta natija. Buni chempionlikka teng deyish mumkin. Bu turnir orqali yigitlarimda yuzaga kelgan jismoniy va ruhiy kamchiliklarni koʻrib oldim. Shunday boʻlsa ham, ular bilan faxrlanaman va musobaqadagi oʻyinlari uchun rahmat aytaman.
– Qisqa tanaffusdan keyin ichki chempionat bahslari boshlandi. Yangi turga “Olimpik” uchun ushbu jamoadan oʻyinchilar jalb qilinadimi?
– Hozirgi jamoada ruhiy holat bunga tayyor emas. Bugun chempionlikni niyat qilgan edik. Shu bois ruhiya tomondan ozroq tushkunlik bor. Ertaga vaziyatga qaraymiz. Bugungi oʻyin tugadi, tarixda qoldi va endi yangi marralar sari harakatlanamiz. Chempionat bahslariga kim jismoniy va ruhiy tayyor boʻlsa, oʻshalardan foydalanishda davom etamiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring