Temir yoʻl boʻyicha ham tariflar qayta koʻrib chiqildi, keraksiz imtiyozlar bekor qilindi

18:29 18 Dekabr 2023 Siyosat
652 0

Temir yoʻl boʻyicha ham tariflar qayta koʻrib chiqildi, keraksiz imtiyozlar bekor qilindi. Shuningdek, 6 ta tezyurar hamda shaharlararo qatnaydigan 30 ta elektr poyezd olib kelinmoqda.

Bu sohada kelgusi yilda kamida 20 foiz oʻsishni taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

Yana bir masala – xalqaro tashuvlarda mahalliy transport-ekspeditor korxonalar ulushi kam.

Mahalliy ekspeditorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularning xizmatidan foydalanilganda, import tovarlariga bojxona boji hisoblashda transport xarajatini chegirish, xalqaro tashishlarda mahalliy ekspeditorlar xizmatiga qoʻshilgan qiymat soligʻidan imtiyoz berish imkoniyatini koʻrib chiqish taklif qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?