“Telegram” messenjerida yana bir guruh faoliyatiga chek qoʻyildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanida yashovchi 32 yoshli J.J. murojaat qilib, oʻziga tegishli boʻlgan bank kartasidan “nomaʼlum shaxs” tomonidan 2.000.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari firibgarlik yoʻli bilan yechib olinganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Fargʻona viloyati, Buvayda tumanida yashovchi 21 yoshli M.M. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.M., J.J.ga oʻzini “Telegram” messenjeridagi “Telefon Bozor” guruhining admini sifatida tanishtirgan holda, 2.000.000 soʻm boshlangʻich toʻlov evaziga qolgan pulini 6 oyga 166.000 soʻmdan boʻlib toʻlashga berishini aytib, J.J.ning bank kartasidan 2.000.000 soʻm pullarni oʻtkazdirib olib, qora roʻyxatga kirgizib qoʻyganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u bilan oʻtkazilgan “Soʻrov” tezkor-qidiruv tadbiri davomida oʻz aybiga iqror boʻlib, yetkazilgan moddiy zarar toʻliq qoplandi.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring