“Telegram” asoschisi Pavel Durov Fransiya fuqaroligini qabul qildi

03:39 23 Noyabr 2021 Dunyo
546 0

Foto: rg.ru

“Telegram” asoschisi Pavel Durov Fransiya fuqaroligiga qabul qilingan.

Manbaga koʻra, Durovga Fransiya fuqaroligi joriy yilning avgust oyida berilgan. Tegishli hujjatda uning ismi sharifi va tugʻilgan yili koʻrsatilgan. Hozircha ushbu maʼlumotga Durov tomonidan hech qanday izoh berilmadi.

Durovda Rossiya fuqaroligidan tashqari Karib orolida joylashgan Sent-Kits va Nevis mamlakati fuqaroligi ham bor. Oldinroq Durov mazkur davlatda biror marta boʻlmaganini va uning pasportini Yevropa Ittifoqi hududidan chiqmasdan ham olish mumkinligini maʼlum qilgan edi. 

Qayd etilishicha, Sent-Kits va Nevis pasporti Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya hududiga vizasiz boʻlish huquqini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?