Telegram asoschisi Pavel Durov foydalanuvchilarni WhatsAppʼdan voz kechishga chaqirdi

17:35 21 Noyabr 2019 Dunyo
3303 0

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov foydalanuvchilarni WhatsAppʼni oʻchirib tashlashga chaqirdi. U buni unda xakerlik hujumlari ehtimoli bor ilovalar mavjudligi bilan izohladi. Durov bu haqda oʻz Telegram kanalida yozgan.

“WhatsApp nafaqat sizning xabarlaringizni himoyalamaydi, balki ushbu ilova “Troya oti” sifatida messenjerga umuman aloqasi boʻlmagan fotosuratlar va xabarlarni ham kuzatib boradi”, - deya qayd etadi u.

Bundan oldin ham Durov WhatsAppʼni tanqid qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Facebookʼga tegishli ushbu messenjer maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qiladi va oʻz foydalanuvchilari maʼlumotlarini himoya qila olmaydi.

Financial Times ham WhatsAppʼning zaif jihatlari haqida yozgan edi. Xabar berilishicha, yovuz niyatli odamlar messenjerdagi kamchilik yordamida smartfonga josuslik dasturlarini oʻrnatishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер