Texasdagi qorli boʻronlar uyushtirilgani aytilmoqda

Amerikaliklar ijtimoiy tarmoqlarda Texasdagi gʻayritabiiy qorlar haqida turli xabarlarni faol muhokama qilmoqda.
AQSH aholisining fikriga koʻra, haddan tashqari sovuq boʻlgan qor boʻronlari - mamlakat prezidenti Jo Bayden yoki Microsoft asoschisi Bill Geytsning ishi. Sababi yaqinda Bill Geyts iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish niyatini eʼlon qilgandi.
Tik Tok va Facebook foydalanuvchilari fen va boshqa issiqlik chiqaruvchi moslamalar bilan qorni eritishga uringan videolarni joylashtirmoqdalar. Videolarni yuz minglab tomoshabinlarga tomosha qilmoqda hamda hukumat qorlari hyeshtegi bilan tarqalgan video lavhalar million martadan koʻproq koʻrilgan.
Ammo Bufalo universiteti, sunʼiy qor haqidagi ushbu taxminlar haqiqatdan uzoqligini taʼkidladi. Aholini ishontirish uchun esa, sublimatsiya hodisasini tushuntirib beruvchi videoni havola etishdi.
Shubhaning paydo boʻlishiga asosiy sabablardan biri - qor boʻroni va muzli boʻron Texas shtati uchun juda kam uchraydi. Baʼzi odamlar oʻz hayotlarida birinchi marta qorni koʻrishdi va uning xususiyatlari haqida deyarli hech nima bilishmaydi. Shuning uchun ularda koʻplab savollar tugʻilishi tabiiy hol.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring