Tekbol sport turi umumtaʼlim maktablaridan boshlab ommalashtiriladi
Shu maqsadda Oʻzbekiston Tekbol federatsiyasi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim maktablariga 100 dona tekbol sport jihozi topshiriladi
Yaqinda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 38-sonli umumtaʼlim maktabida «Tekbol» sport turining jihozlarini qabul qilib olishga bagʻishlangan tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston tekbol federatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Tekbol federatsiyasi raisi O.Kasimov tomonidan belgilangan rejaga muvofiq ilk bosqichda respublikamizning barcha hududlaridagi umumtaʼlim maktablariga 100 dona tekbol sport jihozlarini topshirish boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligiga sertifikat taqdim etildi.
Shuningdek, ushbu tadbirda Farhod Tojiyev, Islom Inomov, Kamoliddin Murzoyev, Aziz Ibragimov, Shavkat Salomov kabi taniqli futbolchilar ham ishtirok etib, yoshlarga tekbolni qanday oʻynash borasida mahorat darslari namoyish etishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring