Tehron shahrida Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi ijroiya kengashining 30-yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Foto: Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Axborot xizmati
Unda Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ham ishtirok etdi.
Yigʻilish davomida tashkilot faoliyatiga doir muhim masalalar qatori Toshkent-2025 yoshlar oʻrtasidagi Para Osiyo oʻyinlariga koʻrilayotgan tayyorgarlik, shuningdek, Parij-2024, Los-Anjeles-2028 yozgi Paralimpiya oʻyinlari hamda 2026-yil Milan va Kortina-dʻAmpesso shaharlarida boʻladigan qishki Paralimpiya oʻyinlariga qitʼa sportchilarining tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ijroiya kengashi yigʻilishida 2030-yil Doha shahri hamda 2034-yil Ar-Riyod shahri mezbonlik qiladigan Para Osiyo oʻyinlari masalasi ham kun tartibidan oʻrin oldi.
Shuningdek, Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi ijroiya kengashi aʼzolari hamda Muxtorxon Tashxodjayev boshchiligidagi Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi delegatsiyasi Eron Islom Respublikasi sport va yoshlar siyosati vazirligi hamda mamlakat paralimpiya qoʻmitasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring