Teatr jamoasi — xalqaro festival gʻolibi

11:16 31 Iyul 2025 Jamiyat
137 0

Avval xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi Portugaliya mamlakatida oʻtkazilgan “MIT — Mostra Internacional de Teatro” nomli IV xalqaro teatrlar festivalida ishtirok etdi.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli festivalda Anton Chexov asari asosida sahnalashtirilgan “Taklif va toʻy” spektakli bilan qatnashgan jamoamiz “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

— Bu festivaldagi ishtirokimiz bizga yanada koʻproq ijodiy ruh, shijoat bagʻishladi, — deydi teatr aktyori Parda Nomdorov. — Har bir chiqishimizni muxlislar juda katta qiziqish, olqishlar bilan qarshi oldi. Teatrimizda yanada yangi-yangi spektakllarni qoʻyish, kelgusida ham ularni jahon sahnalariga olib chiqishni maqsad qilib qoʻydik.

Teatr jamoasi Portugaliyaning bir qator shaharlarida gastrol safarlarini ham amalga oshirdi.

Jahongir BOYMURODOV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?