TDYUUning ilk stipendiat va taʼlim granti sovrindorlari aniqlandi

15:08 24 Sentyabr 2020 Jamiyat
588 0

Joriy oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari hamda universitet qoshidagi akademik litsey oʻquvchilari uchun stipendiya va taʼlim grantlari ajratish rejalashtirilgan edi.

TDYUU rektorining buyrugʻiga binoan ilk stipendiat va taʼlim granti sohiblari tasdiqlandi. Bu haqda OTMning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

“Nomzodlarni aniqlashda ularning aʼlo baholarga oʻqishi, chet tilini puxta bilishi, ijodiy, ijtimoiy va intellektual tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, jamoat ishlaridagi faolligi inobatga olindi.

Hujjatga koʻra, Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs talabasi Farangiz Eshturdiyeva, Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-kurs talabasi Guliraʼno Ochilboyeva, Xususiy huquq fakulteti 2-kurs talabasi Yulduzxon Abdusolixova, Xususiy huquq fakulteti 2-kurs talabasi Ziyoda Boratova, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi Yulduz Rashidova TDYUU stipendiyasini qoʻlga kiritdi. Ularga sentyabr-iyun oylari davomida bir oylik stipendiya bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz oshirilgan holda toʻlab boriladi.

Shuningdek, Ommaviy huquq fakulteti 4-kurs talabasi Nilufarxon Maxmudova, Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs talabasi Rustamboy Rustamov, Xususiy huquq fakulteti 4-kurs talabasi Islombek Abduhakimov, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi Xushnazar Joʻrayev ilk grant sohiblari boʻldi. Ular oʻquv yili uchun belgilangan toʻlov-kontrakt summasining 50 foizidan ozod etildi.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentimizning 2020-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida TDYUU rahbariyati byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan iqtidorli talaba hamda oʻquvchilarni ragʻbatlantirishi mumkinligi qayd etilgan” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?