TDYUUda korrupsiya muammolarini oʻrganish boʻyicha magistratura mutaxassisligi ochiladi

21:02 16 Fevral 2021 Jamiyat
552 0

Toshkent davlat yuridik universiteti va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda OTMning Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

Memorandumga koʻra, TDYUUda korrupsiya muammolarini oʻrganish boʻyicha alohida magistratura mutaxassisligi ochiladi.

Shuningdek, korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish boʻyicha hamkorlikda ish olib boriladi.

Bundan tashqari, memorandum doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatilib, xorijiy mutaxassis va professor-oʻqituvchilar universitet oʻquv jarayoniga jalb etiladi.

Shu bilan birga respublika, xalqaro hamda xorijiy grant loyihalarida ishtirok etish, universitet tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida tizimli ishlar amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?