TDIUda taniqli professor boshchiligidagi yangi ilmiy maktabga asos solindi

20:28 13 Yanvar 2021 Jamiyat
229 0

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyotda matematik metodlar kafedrasining “Ekonometrika va iqtisodiy-matematik modellashtirish” ilmiy maktabi tashkil etildi. Unga Toshkent xalqaro Vestminster universiteti huzuridagi YUNESKOning Bilimlar iqtisodiyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tursun Shodiyev rahbarlik qiladi.

Oliy oʻquv yurtida shu munosabat bilan, “Professor Tursun Shodiyevning hayot yoʻli va ilmiy-ijodiy faoliyati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda ilm-fanni yana-da ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati xususida toʻxtalib oʻtdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?