TDIUda talabalar uchun Muqimiy nomidagi koʻkrak nishoni taʼsis etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga tashrifi chogʻida majmuada haykali gavdalangan adiblar hayoti va ijodini, boy maʼnaviy merosini OTMlarda keng oʻrganish, jamoatchilikka, xalqimizga, kelgusi avlodga yetkazish kabi vazifalar belgilangan edi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi tomonidan mana shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Muhammad Aminxoʻja Muqimiy koʻkrak nishoni taʼsis etilib, dastlabki nusxalari tayyorlandi.
Koʻkrak nishoni taʼsis etishdan maqsad
Muhammad Aminxoʻja Muqimiy adabiy-maʼnaviy merosini oʻrganish va keng jamoatchilikka targʻib qilish borasida universitet va boshqa oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli faol, bilimli va Vatanparvar talabalarini moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirishdan iborat.
Koʻkrak nishoni kimlarga beriladi va qanday imtiyozlari mavjud?
Ushbu koʻkrak nishoni Muhammad Aminxoʻja Muqimiyning boy maʼnaviy-adabiy merosini keng oʻrgangan, ushbu bilim va koʻnikmalarni jamoatchilikka va kelgusi avlodga yetkazish borasida “Eng yaxshi sheʼriy asar”, “Eng yaxshi badiiy asar”, «Eng yaxshi animatsion asar», “Eng yaxshi ssenariy muallifi”, «Eng yaxshi internetdagi platforma muallifi» kabi 10dan ortiq nominatsiyalar gʻoliblariga beriladi.
Gʻolib talabaga maxsus guvohnoma va miqdori 1 000 000 soʻmdan kam boʻlmagan 10 oylik stipendiya toʻlab beriladi.
Muhammad Aminxoʻja Muqimiyning koʻkrak nishoni va maxsus guvohnomasiga sazovor boʻlgan talaba Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichiga imtiyozli ravishda oʻqishga qabul qilinadi.
Shuningdek, adibning adabiy-maʼnaviy merosini oʻrganish va keng jamoatchilikka targʻib qilishda oʻzining munosib hissasini qoʻshgan olimlar, shoiru yozuvchilar, muqimiyshunoslar, mutasaddilar ham ushbu koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring