TDIUda dolzarb mavzuga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

13:56 28 May 2021 Iqtisodiyot
372 0

Yaqinda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi Harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va innovatsion rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

Onlayn va oflayn shaklda oʻtkazilgan konferensiyada vazirliklar, idoralar va xalqaro ekspertlik markazlari, iqtisodchi olimlar ishtirok etdi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adham Bekmurodov, Ayova universiteti professori Tina Koffelt (AQSH), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri maslahatchisi Pol Li (Janubiy Koreya) qatnashib, maʼruza qildilar.

Konferensiya yalpi majlisida quyidagi mavzular muhokama qilindi:

“Oʻzbekistonda qulay investitsion muhitni yaratish”;

“Oʻzbekistonda mehnat unumdorligini oshirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish yoʻlidagi muammolar”;

“Tadbirkorlik ekotizimini rivojlanishida AQSH universitetlarining roli”;

“Ilmiy tadqiqot menejmenti: COVID-19” pandemiyasi davrida yangi normal reallik»;

“AQSHda oliy taʼlim va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari”;

“Oziq-ovqat sifati va byudjet cheklovlari: panel tadqiqotlari maʼlumotlari”;

“Oʻzbekistonda kapital bozorining rivojlanish istiqbollari”;

«Koronainqiroz» taʼsiridagi turbulent sharoitda Oʻzbekiston Respublikasi sanoat ishlab chiqarish oʻsish tendensiyasi tiklanishining dinamik koʻrsatkichlari»;

“COVID-19»ning taʼlim natijalariga taʼsiri va uning salbiy oqibatlarini yumshatish usullari»;

«Barqaror rivojlanishning uch makromarketing prinsiplari»;

“MSME (mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlik) imkoniyatlarini kengaytirish orqali kambagʻallik darajasini pasaytirish»;

“2050-yilgacha va undan keyin Oʻzbekiston hamda uning mintaqalari aholisi istiqbollari”;

“COVID-19» pandemiyasining keng qamrovli iqtisodiy shoki sharoitida aviatashuvlar jahon bozorini qayta tiklash mexanizmi».

Xalqaro konferensiya doirasida shakllantirilgan seksiyalar boʻyicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sarhisobi, istiqboldagi strategik yoʻnalishlar boʻyicha iqtisodchi olimlar, tadqiqotchilar, yetuk amaliyotchi xodimlar va xalqaro ekspertlar munosabatlarini umumlashtirish shular jumlasidandir

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya kun tartibidan kelib chiqqan holda 4 ta seksiyaga boʻlingan holda oʻz ishini davom ettirdi.

Anjuman ishi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha masʼullari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Taraqqiyot strategiyasi markazi kabi yuqori tashkilotlar rahbarlari va OTM rektorlari qatnashdi.

Shuningdek, Jahon banki, Konrad Adenauer Fondi (Germaniya), AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari, AQSH, Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya, Chexiya, Polsha, Bolgariya, Yangi Zelandiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston kabi davlatlarning nufuzli universitetlari rahbarlari, olimlari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Oʻz navbatida, tashkil etilgan mazkur konferensiya yirik mutaxassislarning tajriba almashishlari uchun bir maydon sifatida xizmat qildi.

Konferensiya yakunida qilingan maʼruzalar, konferensiya maqolalar toʻplamida chop etishi koʻzda tutilgan maqolalar asosida mamlakat iqtisodiyotini istiqboldagi rivojlanishida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiyalar tizimlashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?