TDIU delegatsiyasi XI Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etdi

10:40 27 Aprel 2021 Jamiyat
270 0

Yaqinda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan Ural davlat iqtisodiyot universitetida XI Yevroosiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Unda Yevrosiyo oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari, yirik sanoat kompaniyalari, Butun Rossiya va xalqaro biznes uyushmalari, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritadigan xalqaro ijtimoiy-siyosiy va etnik madaniy yoshlar tashkilotlari ishtirok etdi.

Xalqaro yoshlar harakatining «Yevroosiyo yoshlar iqtisodiy forumi» dunyo mamlakatlarining intellektual yoshlari va olimlarining tashabbus uyushmasi hisoblanadi. 

Rossiya Federatsiyasi taʼlim va fan vazirligi, Rossiya federatsiyasi yoshlar ishlari agentligi, Mustaqil davlatlar hamkorlik ishlari federal agentligi, Rossiya xalqaro gumanitar hamkorlik agentligi, Sverdlovsk viloyati hukumati tomonidan tashkil etilgan forum ilm-fan, loyiha faoliyati va tadbirkorlik sohasida yoshlarning shaxsiy oʻsishi uchun yana bir maydonga aylandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur forumda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Mansur Eshov, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Gulnora Abdurahmanova, qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlim boshligʻi Baxtiyor Nasimov, qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari Dinara Toʻrayeva, korporativ iqtisodiyot va biznes tahlil kafedrasi mudiri Raya Karlibayeva ishtirok etdi.

Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Mansur Eshov ishtirok etib, “Rossiya va jahon mintaqalari: gʻoyalar va iqtisodiy imkoniyatlar integratsiyasi” mavzusida maʼruza qildi. Mavzu zamonaviy sharoitlarda yuqori malakali iqtisodiy kadrlarni tayyorlashning innovatsion jihatlariga bagʻishlandi. Maʼruzada innovatsiya — milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili va u zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas xususiyatiga aylanib borayotganligi, bu davlatlarga va alohida kompaniyalarga teng darajada taalluqli ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, zamonaviy iqtisodiyot sharoitida taʼlimni uzluksiz jarayon ekanligidan kelib chiqib, xalqaro hamkorlik va ilgʻor oʻqitish tajribasidan foydalangan holda saʼy-harakatlarni birlashtirish, mahalliy oliy taʼlimning barqaror rivojlanishiga hissa qoʻshishning ahamiyatli jihatlari ochib berildi.

Maʼruzachi tomonidan Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining xalqaro hamkorlikdagi faoliyati yagona taʼlim makonini shakllantirishga hissa qoʻshishini va mahalliy oliy taʼlimning barqaror rivojlanishining ijobiy omili ekanligini taʼkidlandi.

Muloqot yakunida kongress ishtirokchilari va talabalar oʻrtasida zamonaviy talablarga javob beradigan zamonaviy sharoitda yuqori malakali iqtisodiy kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida samarali bahs-munozaralar boʻlib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?