Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar bepul davolanadi
“Ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–736, 09.12.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra:
— Fuqarolar yigʻiniga – xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoxud bunday ishlarga moyil boʻlgan shaxslarni aniqlashda, ushbu shaxslar bilan olib boriladigan profilaktika ishlarida ishtirok etish vakolati;
— Fuqarolar yigʻini raisiga – tazyiq va zoʻravonlikka uchragan hamda bu haqda murojaat qilgan xotin-qizlarni himoya qilishga doir chora-tadbirlarni belgilash, mazkur faktlar toʻgʻrisida tegishli ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga hamda ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berish vakolati berildi.
“Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra:
— Mehnat organlari tomonidan oilaviy muammolarga va zoʻrlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash va kasbga yoʻnaltirishga koʻmaklashish;
— Sogʻliqni saqlash organlari tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga va ularning bolalariga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish, ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarni bepul davolash choralari koʻriladi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring