“Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkilotining oʻzbekistonlik azosi xorijda ushlandi

21:27 12 Yanvar 2022 Jamiyat
1520 0

1987-yil Surxondaryo viloyatida tugʻilgan ayblanuvchi 2016-2021-yillarda mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasining Krasnodar oʻlkasida ishlash paytida ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriya hududidagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik guruh taʼsiriga tushib qoladi.

Natijada ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar gʻoyaviy rahnamolarining “jihod”ga chorlovchi materiallarini oʻzining yaqin tanishlari orasida targʻib qila boshlaydi.

Maʼlum boʻlishicha, u jangarilar safiga qoʻshilish maqsadida Suriyaga ketmoqchi boʻlgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Rossiya huquq-tartibot idoralari hamkorligida ushlanib, Oʻzbekistonga olib kelingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?