“Tata Steel Chess-2023”: Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov bu gal durang qayd etdi

08:54 26 Yanvar 2023 Sport
511 0

Niderlandiyada oʻtayotgan shaxmat boʻyicha nufuzli musobaqaning 10-turi yakuniga yetdi. 

Maʼlumki, Nodirbek Abdusattorov “Masters” guruhidagi ajoyib ishtiroki bilan barchaning diqqat-markazida boʻlib turibdi. 

Ushbu turda u asosiy raqiblaridan biri xitoylik Lijen Din bilan murosa koʻchasini tanladi. 10-turdan keyin Abdusattorov 7 ochko bilan hamon peshqadamlikni davom ettirmoqda.

“Chellenjer” guruhi gʻolibligi uchun kurashayotgan Javohir Sindorov ham bu gal durang qayd etdi. Mezbon Erbin Lavi bilan kechgan bellashuvdan soʻng Sindorov 6.5 ochko bilan uchinchi oʻrinni band etib turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?