Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozogʻistondagi oʻzbekistonliklarga rasmiy murojaat yoʻlladi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy yilning 10-noyabridan 21-noyabrigacha Qozogʻiston hududida hujjatlarsiz, yaʼni hujjati boʻlmagan yoki migratsiya qonunchiligini buzgan fuqarolarning tark etishi soʻraldi”, degan xabarlar tarqaldi. Natijada Qozogʻiston hududida ishlab yurgan oʻzbekistonliklar oʻrtasida turli tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati ushbu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Qozogʻiston Respublikasi hukumatining 2022-yil 31-dekabrdagi 1146-sonli qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Qozogʻiston Respublikasi davlat chegarasini kesib oʻtgan kundan boshlab, 30 kungacha boʻlib turishi mumkin. Ammo, umumiy boʻlish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kunidan koʻp boʻlmasligi kerak, yaʼni fuqaro uzluksiz 90 kalendar kunidan ortiq Qozogʻistonda boʻlib turishi mumkin emas.
Qozogʻistonga ishlash maqsadida borayotgan Oʻzbekiston fuqarolari 30 kun ichida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, ish beruvchi uni Xalqqa xizmat koʻrsatish markazida roʻyxatga kiritib, 3 oygacha boʻlgan muddatga ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
- AQSHda jurnalist qiz Trampning yuziga mikrofon bilan urib yubordi (+video)
- Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
- Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
- “Qamchiq” dovonida fuqarolarga yordam koʻrsatilmoqda. Qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti QS reytingida TOP–500 talikdan joy oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring