Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi norasmiy e'lonlarga aldanmaslikka chaqirdi

09:53 24 Iyul 2022 Jamiyat
625 0

Foto: Illustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqdagi baʼzi axborot kanallarida Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan fuqarolarni yuqori maosh evaziga Rossiyaga ishga taklif qilish toʻgʻrisida eʼlonlar tarqalmoqda.

Mustaqil jurnalistik surishtiruvlarda ushbu eʼlonlar orqali fuqarolarni Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish asosiy maqsad ekanini maʼlum qilinmoqda.

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan xorijda ish taklif etilayotgan norasmiy eʼlonlarga ishonmaslikni soʻraymiz.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?