Tashqi mehnat migrasiyasi sohasidagi muammolar muhokama etildi

11:31 09 Sentyabr 2020 Siyosat
211 0

2020-yil 8-sentyabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlari himoyasini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining parlament soʻroviga javob tayyorlash boʻyicha ishchi guruhning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda bandlik va mehnat munosabatlari, sogʻliqni saqlash, tashqi ishlar, transport, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash, qurilish va ichki ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etdilar.

Ishchi guruh bilan yaqin aloqa oʻrnatish va vaziyatni tahlil qilishda hamda aniq takliflar shakllantirishda koʻmaklashish maqsadida majlisda Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzolari ham ishtirok etdilar.

Majlis doirasida parlament soʻroviga javob tayyorlash jarayoni, tizimli muammolar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ishchilarni uyushgan holda ishga qabul qilish, ikki tomonlama shartnoma-huquq bazasini yana-da rivojlantirish, shuningdek, Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy himoya qilish uchun qoʻshimcha kafolatlar va imkoniyatlar yaratish mexanizmlarini takomillashtirish muhokama etildi.

Tadbir yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining parlament soʻroviga beradigan javobiga asos boʻladigan materiallar va takliflarni takomiliga yetkazishga, shuningdek, mehnat migrasiyasi sohasidagi ikki tomonlama Oʻzbekiston-Rossiya bitimlarining ijrosi holatini puxtaroq oʻrganishga qaror qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?