Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahrom Aʼloyev Qirgʻizistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Muso Jamanbayevni qabul qildi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 28-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Bahrom Aʼloyev Qirgʻiz Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Muso Jamanbayevni qabul qildi.
Doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan ikki mamlakat oʻrtasidagi samarali hamkorlik ijobiy surʼatlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ikki mamlakat Prezidentlarining uchrashuvlari va muzokaralari yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Turli darajadagi boʻlajak muloqotlarga tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb mavzulari yuzasidan fikr almashildi.
Sanoat, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi, transport sohalarida loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Tomonlarning parlamentlararo, mintaqalararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga tayyorligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring