Tashlandiq yer moʻmay daromad manbaiga aylandi

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanida yillar davomida qarovsiz yotgan yerlar oʻzlashtirilib, zamonaviy issiqxonalar tashkil etilmoqda.
Tumanning «Shodlik» mahallasi hududida bir paytlar tashlandiq va qarovsiz boʻlib yotgan yerda tadbirkor Valijon Roʻziboyev issiqxona bunyod etdi. Bugungi kunda issiqxonani koʻrgan kishi borki, havasi keladi. Yaqingacha shu joylar abgor holatda yotar edi desa, hech kim ishonmaydi.
— Bu yerlarni soz holga keltirish bizdan juda katta mehnat, vaqt va sabr talab qildi, baʼzan qachon ekin ekib, qachon daromadga kirar ekanmiz,deb oʻylab qolardim — deydi «ARK Kamol Ziyo» MCHJ rahbari Valijon Roʻziboyev. — 2018 yili shu joyni olgan boʻlsak, katta kuch bilan yerni tozalab, tekislatdik, issiqxona qurib, unumdor tuproq olib keldik. Oʻtgan yili issiqxonaga birinchi marotaba pomidor koʻchatlarini ekishga kirishdik. Gʻalvir suvdan koʻtarilganida ilk dehqonchilikning oʻzidan 70 million soʻmga yaqin sof daromad olindi.
Hozirda 30 sotix yerning 25 sotixida 12 ta issiqxona mavjud. Oʻtgan yili issiqxonaga ekish uchun pomidor koʻchatlari sotib olingan boʻlsa, bu yil tadbirkorning oʻzi koʻchat ham yetishtirishni yoʻlga qoʻydi. Shu tariqa tadbirkor-tomorqachi bu yil daromadni ikki baravarga oshirishni rejalashtirgan.
Tadbirkor faoliyatini kengaytirish maqsadida mahalladagi hokim yordamchisi Maʼrifatxon Saidova tavsiyasi bilan bankdan bir milliard soʻm kredit ajratib beriladigan boʻldi. Yangi biznes-rejaga koʻra, shu joyda meva-sabzavot uchun 200 tonnali muzlatgich qurish, issiqxonani kengaytirish hamda yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilmoqda.
Botir Madiyorov, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Taraqqiyotning yangi bosqichida
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring