“Tashkent Indeks”dagi talabalar majburan chiqarilmaydi — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Foto: Arxiv surat
“Tashkent Indeks”dagi talabalarni ayrim oliy taʼlim muassasalari tomonidan yotoqxonalarga koʻchirilayotgani ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri talqin qilinmoqda.
Xabaringiz bor, joriy oʻquv yili boshida “Tashkent Indeks” savdo majmuasida talabalar vaqtincha turishlari uchun sharoit yaratilgan edi. Oʻtgan davr mobaynida aksariyat oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalar turar joylarida qoʻshimcha yotoq oʻrinlari yaratilib, koʻchish istagini bildirgan talabalar koʻchirib oʻtkazildi. Shu kunlarda esa sovuq havo haroratida majmua yetarli sharoitga ega emasligi bois, koʻchirish ishlari oliy oʻquv yurtlari talabalar turar joylarida koʻproq qoʻshimcha boʻsh oʻrinlari yaratilishi, aksariyatida yangi yotoqxonalar barpo etilishi hisobiga yanada jadallashdi.
Bunda “Tashkent Indeks”da qolishni xohlovchi talabalarni majburan chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maʼlumot oʻrnida, birgina Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ikki qavatli yotoq oʻrni tashkil etish hisobiga qoʻshimcha 139 oʻrinli, Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan Oqtepa pedagogika kolleji talabalar turar joyida yangi 300 oʻrinli joy yaratilgan. Shu kabi boshqa oliy taʼlim muassasalari ham hozirda ichki imkoniyatdan kelib chiqib, qoʻshimcha oʻrinlar hozirlagan. Bundan tashqari, Toshkent davlat stomatologiya institutida 400 oʻringa moʻljallangan yangi yotoqxona qurib, foydalanishga topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring