Tarmoqlarda tarqalgan nojoʻya videolar “Stixiya” elektron musiqa, madaniyat va ilm festivalidan olinmagan

08:41 18 May 2021 Jamiyat
781 0

14-15-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq shahrida navbatdagi “Stixiya” (stihia.org) elektron musiqa, madaniyat va ilm festivali boʻlib oʻtdi.

QR Turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Festivalda Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya va Qirgʻizistondan kelgan musiqiy prodyuserlar, musiqachilar va DJlar ishtirok etishdi. Forumda shuningdek Oʻzbekiston va Rossiya olimlari, ekologlari, mutaxassislari ham 300ga yaqin sayyohlar qatnashishdi.

“Festival doirasida «6 milliard daraxt” ijtimoiy aksiyasi oʻtkazilib, uning davomida Moʻynoq shahrida 5 mingdan ortiq daraxt ekish koʻzda tutilgan. Ushbu loyihadan koʻzlangan maqsad mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun qurgʻoqchilikka chidamli boʻlgan buta va mevali daraxtlarni Moʻynoq shahri hamda Orol dengizining pastki qismida bosqichma-bosqich ekishga yoʻnaltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur festival davomida boʻlganligi aytilayotgan yalangʻoch holda oʻynayotgan qizning videolari tarqalmoqda.

Festivalda Ichki Ishlar Vazirligi,Milliy Gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash Vazirligi tomonidan jamoat, yoʻl harakati va yongʻin xavfsizligi taʼminlandi hamda ishtirokchilarning sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishi nazorat qilindi.Tarmoqlarda tarqalgan nojoʻya videolar “Stixiya” elektron musiqa, madaniyat va ilm festivalidan olinmagan» deyiladi xabarda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?