Tarkibida yuqori miqdorda yogʻ, shakar boʻlgan mahsulotlar reklama qilinmaydi — Buyuk Britaniyada semizlikka qarshi kurash dasturi boshlandi

Buyuk Britaniyada semizlikka qarshi kurash dasturi ishlab chiqildi.
Hukumat matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, strategiya tarkibida yuqori miqdorda yogʻ, shakar yoki tuz boʻlgan nosogʻlom taomlarni ertalabdan to kech soat toʻqqizga qadar televideniye va internet orqali reklama qilishni taqiqlaydi.
Shuningdek, supermarketlar ham bunday oziq-ovqat mahsulotlarini reklama va chegirmalar bilan sota olishmaydi yoki uni odam koʻzi tushadigan joylarga, masalan, toʻlov kassalari hamda kirish joylariga joylashtirishlari mumkin emas.
Bundan tashqari, yirik restoran va kafelar endilikda buyurtma taomlar ustiga ularning kaloriya miqdorini koʻrsatishlari kerak boʻladi.
Mamlakatda kattalarning 63, bolalarning esa 33 foizi ortiqcha vaznga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Osiyo o‘yinlarining birinchi kunini O‘zbekiston 4ta medal bilan boshladi. Fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring