Tarixda ilk bor 6 nafar dzyudochi qizimiz lisenzion hududda
Dushanbe Gran-prisidan soʻng Xalqaro dzyudo federasiyasi sportchilarning yangilangan Parij-2024 Olimpiada reytingini eʼlon qildi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi uchun bir qator eʼtiborli faktlarni uchratish mumkin.
Quvonarlisi, ayni holatga koʻra jami 16 nafar dzyudochimiz lisenzion hududdan oʻrin olgan boʻlib, ularning 6 tasi ayollar terma jamoamiz aʼzolaridir. Ahamiyatlisi, shu paytgacha hech qachon bir vaqtning oʻzida 6 nafar dzyudochi qizimiz lisenzion hududdan oʻrin olmagan edi.
Qolaversa, ushbu natija bilan aralash jamoaviy yoʻnalishda ham lisenziya talabini bajargan 12 jamoadan biriga aylandik. Afsuski, jarohati sabab musobaqalarni oʻtkazib yuborayotgan Sharofiddin Boltaboyev -81 kg vazn toifasida lisenzion hududni tark etgan.
-60 kg:
1. Li Xarim (Janubiy Koreya) – 2310 ochko
6. Dilshodbek Baratov – 1644
-66 kg:
1. Xifumi Abe (Yaponiya) – 2500 ochko
17. Muhriddin Tilovov – 1034
24. Sardor Nurillayev – 879
-73 kg:
1. Nils Shtamp (Shveysariya) – 2470 ochko
6. Murodjon Yoʻldoshev – 1870
8. Obidxon Noʻmonov – 1714
11. Shahram Ahadov – 1460
-90 kg:
1. Luka Maysuradze (Gruziya) – 2800
3. Davlat Bobonov – 2174 ochko
-100 kg:
1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 2715 ochko
9. Muzaffarbek Toʻraboyev – 1289
+100 kg:
1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 2345
2. Alisher Yusupov – 2310 ochko
13. Shohruh Baxtiyorov – 1210
Ayollar:
-48 kg:
1. Nasumi Sunoda (Yaponiya) – 2500 ochko
28. Halimajon Qurbonova – 620
-52 kg:
1. Distriya Krasnichi (Kosovo) – 2855 ochko
3. Diyora Keldiyorova – 2784
12. Sita Qadamboyeva – 937
-57 kg:
1. Krista Deguchi (Kanada) – 3450
27. Shukurjon Aminova – 710
-70 kg:
1. Saki Nizoye (Yaponiya) – 3450 ochko
21. Gulnoza Matniyazova – 875
-78 kg:
1. Alis Bellandi (Italiya) – 3250
27. Irisxon Qurbonboyeva – 479
Eslatma:
– Bu Olimpiada reytingining bugungi holati. Tizim 2024-yilning 23-iyun kuni yopiladi;
– Jadvalda reyting yetakchisi, lisenzion hududdan joy olgan yoki qitʼaviy kvotaga ega dzyudochilarimiz keltirilgan;
– Bir vaznda ikki yoki undan koʻp sportchi lisenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga koʻra tanlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring