Tanzila Norboyeva Birlashgan Arab Amirliklaridagi «Vahat Al-Karama» yodgorligini ziyorat qildi

15:57 02 Fevral 2023 Siyosat
830 0

Foto: Illustrativ foto

Birlashgan Arab Amirliklaridagi «Vahat Al-Karama» yodgorligida Shahidlar oilalari idorasi ijrochi direktori Shayx Xalifa bin Taxnun Ol Nahayon va ayni payt ushbu mamlakatda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda “WAM” axborot agentligi maʼlumotlariga tayanib, OʻzA xabar berdi.

Nomi “Qadr-qimmat vohasi” maʼnosini anglatuvchi mazkur yodgorlik Shayx Zayd masjidi roʻparasida 46 ming kvadrat metr maydonda joylashgan boʻlib, amirliklar ozodligi va birligi uchun qurbon boʻlganlar sharafiga oʻrnatilgan.

Shayx Xalifa bin Taxnun va Tanzila Norboyeva BAA rahbariyati, xalqi va askarlari oʻrtasidagi birdamlik ramzi sifatida bir-biriga suyanib turgan 31 pannodan iborat “Shahidlar” haykali poyiga gul qoʻyib, marhumlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер