Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasi elchisini qabul qildi

2021-yil 9-iyulda Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbayeva Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O. Malginovni qabul qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollari, ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni yana-da mustahkamlash, shuningdek, xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning samarali faoliyatini, ikkala mamlakat parlamentlarining oliy darajada savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda erishgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha oʻzaro hamkorligini taʼminlash hamda mintaqalar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni faollashtirish muhimligini taʼkidladilar.
O.Malginov Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan, inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlayotgan demokratik islohotlar va oʻzgarishlarni, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi jadal surʼtlarda yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni yuqori baholadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
- “Oltin toʻp”ga daʼvogarlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilindi, unda Messi yoʻq
- Mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlariga
- 2022/2023 oʻquv yilidan yurtimizda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi
- Kirish test sinovlarining birinchi kun natijalari eʼlon qilindi — DTM
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring