Tanzila Narbayeva AQSH Kongressi kongressmen-demokrati A.Bera bilan uchrashdi

14:21 17 Iyun 2022 Siyosat
222 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Joriy yilning 15-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva AQSH Kongressi Tashqi ishlar qoʻmitasidagi Osiyo, Tinch okeani va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha quyi qoʻmita raisi, Kaliforniya shtatidan saylangan kongressmen-demokrat Ami Bera bilan uchrashdi.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Kongressmen 2021-yil oktyabr oyida Toshkentga tashrifi doirasida AQSH Kongressi delegatsiyasi aʼzolari uchun uyushtirilgan samimiy qabul va Oʻzbekiston rasmiy doiralari bilan mazmunli uchrashuvlar uchun Oʻzbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

A.Bera Oʻzbekiston-Amerika hamkorligi istiqbollari haqida gapirar ekan, Qoʻshma Shtatlar iqtisodiyot va savdo sohasidagi hamkorlikni yaxshilash uchun barcha imkoniyatlarni izlayotganini, shuningdek, Oʻzbekistonda va umuman Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni taʼminlashda koʻp qirrali hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdorligini aytib oʻtdi.

Oʻz navbatida, kongressmen Oʻzbekistonda gender tenglik va xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish sohasidagi saʼy-harakatlarni alohida olqishladi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston-Amerika kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan parlamentlararo aloqalarni faollashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?