“Tank biatloni”ga qurʼa tashlandi. Oʻzbekistonlik harbiylar koʻk rangli tankda uchinchi yoʻlakda harakatlanadi

Kecha Moskva viloyatidagi “Patriot” parkida “Tank biatloni” musobaqasi uchun qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
Taʼkidlash kerakki, “Tank biatloni” musobaqasi ikki guruhda oʻtkazilmoqda. Birinchi guruhda 12, ikkinchi guruhda esa 13 ta jamoa ishtirok etadi.
“ArMI – 2019” Nizomiga koʻra, har bir guruhdan alohida gʻoliblar aniqlanadi. Birinchi guruhda musobaqa tashkil qilinganidan buyon ishtirok etib kelayotgan jamoalar oʻrin olgan boʻlsa, ikkinchi guruhdan ilk bor “Tank biatloni” musobaqasida qatnashayotgan mamlakatlar harbiylari joy olgan.
Quʼra tashlash natijalariga koʻra, hamyurtlarimiz ishtirokidagi bahslar 4, 6, va 8-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Yigitlarimiz koʻk rangli tankda uchinchi yoʻlak boʻylab birinchilik uchun kurashadi.
Kunning ikkinchi qismida jamoalar musobaqa davomida harakatlanishi uchun jangovar texnikalarni qabul qilib oldi.
Eslatib oʻtamiz, bu yilgi xalqaro armiya oʻyinlari doirasida 32 yoʻnalish boʻyicha musobaqalar oʻtkazilmoqda. Unda 36 ta davlatdan jami 221 ta jamoa ishtirok etyapti.
“ArMI – 2019” bahslari dunyoning 10 ta davlatida oʻtkazilyapti. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 3-avgust kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring