Tanishini tunagan shaxs fosh boʻldi

00:13 21 Avgust 2022 Jamiyat
384 0

Fuqaro X.X. IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 28-iyul kuni nomaʼlum shaxs P.Mahmud koʻchasida joylashgan oshxonada umumiy ovqatlanish xonasidagi stol ustida qarovsiz qoldirilgan narxi 1.500.000 soʻmlik “inoi” rusumli uyali telefon apparati hamda egnida shimining choʻntagidan 200 AQSH dollar pullarini kissavurlik yoʻli bilan yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fargʻona shahar IIO FMB 3-son IIB JQG xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor qidiruvlar natijasida, jabrlanuvchi X.X.ning 200 AQSH dollar pullari boʻlmaganligi, uning oldida faqatgina “inoi” rusumli telefon apparati boʻlganligi va ushbu telefon apparatini P.Mahmud koʻchasida joylashgan oshxonada birgalikda spirtlik ichimlik isteʼmol qilgan tanishi S.Sh. X.X.ning mast holda uxlab qolganligidan foydalanib olib ketganligi aniqlanib, jabrlanuvchi X.X.ga tegishli “inoi” rusumli telefon apparati daliliy ashyo sifatida olingan.

Gumonlanuvchi S.Sh. protsessual tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?