Taʼlim va sogʻliqni saqlashga qancha mablagʻ yoʻnaltirilmoqda?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi yigʻilishida dastlab 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2023-yil toʻqqiz oyi yakuni boʻyicha bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, oʻtgan davrda aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida aholiga malakali xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida tasdiqlangan chora-tadbirlar doirasida 5,9 mln. nafar 18-40 yoshli aholi profilaktik tibbiy koʻriklardan oʻtkazilgan. Kasalliklari mavjud aholining 1,4 mln. nafari ambulator sharoitda, 41 ming nafari esa statsionar sharoitda sogʻlomlashtirilgan.
Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish ishlarini davom ettirish maqsadida esa Toshkent shahridagi statsionar muassasalarda bemorlarni yotqizish, tibbiy statistik shaklni elektron toʻldirish hamda davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga maʼlumotlarni uzatish imkoniyati yaratildi.
Muhokamalar davomida fraksiya aʼzolari Davlat dasturi asosida amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlarni eʼtirof etish bilan birga, ayrim masalalar yuzasidan hukumat aʼzolarini savollarga tutishdi. Dastur doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda sustkashlikka yoʻl qoʻymaslik zarurligini qayd etdilar.
Yigʻilishda «2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida boʻldi.
Mazkur qonun loyihasi mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga, hududiy boshqaruv organlarining byudjetni ishlab chiqish, mablagʻlarni tasarruf etishdagi roli va mustaqilligini oshirishga katta eʼtibor qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining tarmoqlarini isloh qilish doirasida moliyaviy maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, byudjet jarayoni ochiqligini taʼminlash, soliq yukini kamaytirishning yangi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Deputatlarning fikricha, loyihada ijtimoiy sohaga, xususan taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimiga katta eʼtibor qaratilgan. Bu ushbu tizimda islohotlarni amalga oshirish, sifatli taʼlimni taʼminlash va aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishga imkon yaratadi.
Qizgʻin bahs-munozaralar chogʻida deputatlar ushbu mablagʻlarni tizimli va maqsadli hamda oʻz vaqtida sarflanishiga alohida eʼtibor qaratish zarurligini qayd etdilar. Shu bilan birga, tibbiyot sohasiga ajratilayotgan mablagʻlarni sarflashda respublikaning chekka, borish qiyin boʻlgan har bir qishloq hududida aholi sonidan qatʼi nazar alohida tibbiyot muassasasi faoliyatini tashkil qilish ishlarini yakunlash lozimligini taʼkidladilar.
Yigʻilishda deputatlar qonun loyihasi yuzasidan berilgan takliflar eʼtiborga olingani hisobga olib, uni birinchi oʻqishda qoʻllab-quvvatladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bosh prokuratura Allamjonov suiqasdiga oid qoʻshimcha axborotni ochiqladi
- 2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar qanchaga oshirilishi maʼlum boʻldi
- DXX va Mudofaa vazirligi rahbariyatidagi tayinlovlar rasmiy eʼlon qilindi
- Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Yangihayot va Bektemir tumanlariga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring