Taʼlim muassasalari oshxonalarida kislorodli kokteyllar sotish mumkin emas — SSV

00:20 02 Sentyabr 2022 Jamiyat
665 0

Foto: Arxiv surat

“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga koʻra, kunlik ovqatlanish ratsioni namunaviy taomnomaga mos kelishi shart.

Istisno holatlarda bir mahsulot, taom va pishiriq mahsulotlari mazkur sanitariya qoidalariga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotlarining almashtirish jadvaliga mos kelgan hollarda, ikkinchi mahsulot bilan almashtirilishi mumkin.

Infeksion va ommaviy noinfeksion kasalliklar (zaharlanish) paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish uchun hamda sogʻlom ovqatlanish prinsiplariga asosan, sanitariya qoidalari bilan taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan taomlar, pishiriqlar tayyorlash va ulardan isteʼmol uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Taʼlim muassasalari oshxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyosini qabul qilish ularning sifati hamda xavfsizligini, shuningdek, tegishli hujjatlari (oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi guvohnomasi, veterinariya-sanitariya ekspertizasi hujjatlari, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlovchi, yetkazib beruvchi, ularning manbasini tasdiqlovchi hujjatlar, gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlari, deklaratsiya) mavjud boʻlgan holdagina amalga oshiriladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish issiq ishlov berish talab qilmaydigan xom ashyo va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini alohida ajratilgan maxsus transportda amalga oshiriladi.

Har xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun bitta transport vositasidan foydalanganda, reyslar orasida transportni dezinfeksiya vositalarini qoʻllagan holda, sanitariya tozalash ishlari oʻtkazib borilishi shart.

Taʼlim muassasasining oʻquv-tajriba tomorqasida va bogʻ uchastkalarida, issiqxonalarida yetishtirilgan oʻsimlik mahsulotlaridan ularning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi laboratoriya-instrumental tekshiruv natijalari mavjud boʻlgandagina, ovqatlanishni tashkil etishda foydalanish lozim.

Taʼlim muassasalari oshxonalarida kislorodli kokteyllar sotish mumkin emas.

Buyrak, jigar, oʻt yoʻllari yoki oshqozon-ichak oʻtkir kasalliklarini boshdan kechirgan hamda surunkali xastaliklari boʻlgan oʻquvchilarga parhez ovqatlanish tashkil etiladi. Bunday ovqatlanish tartibiga muhtoj bolalar nonushta va tushliklarini tayyorlashda mahsulotlarga maxsus ishlov berilishi zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер