Taʼlim kreditini toʻlash muddati 15 yilgacha uzaytirilishi mumkin

10:19 26 Fevral 2021 Jamiyat
686 0

Oliy taʼlim muassasalarida bir vaqtning oʻzida ikki va undan ortiq farzandlari toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalarga taʼlim kreditlari berish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Loyihada taʼlim kreditlari quyidagi muddatlarga berilishi nazarda tutilmoqda:

bakalavriatga oʻqishga qabul qilingan talabalarga 15 yilgacha;
magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha.

Bunda OTMda oʻqish davri ham hisobga olinadi.

Talaba muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan davrda taʼlim kreditlari uchun bank foizi stavkalari hisoblanmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?