Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchilarni saralab olish tartibi belgilandi

14:05 19 Oktyabr 2021 Jamiyat
280 0

Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchilarni saralab olish tartibi belgilandi. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglar har yili 1-iyuldan 1-avgustga qadar quyidagi ikki bosqichda saralab olinadi:

— birinchi bosqichda ariza bilan roʻyxatdan oʻtgan oʻqituvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (diplom boʻyicha mutaxassisligi, malaka toifasi hamda taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktabga borishining asosiy maqsadi va taʼlim sifatini oshirish boʻyicha istiqboldagi rejasi) oʻrganib chiqiladi;

— ikkinchi bosqichda bosqichda ariza bilan roʻyxatdan oʻtgan oʻqituvchilar kasbiy bilim va koʻnikmalari, pedagogik mahorati hamda psixologik qobiliyati yoʻnalishida suhbatdan oʻtkaziladi.

Saralash onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Suhbat uchun savollar Vazirlik tomonidan tayyorlanib, saralash eʼlon qilingandan kamida bir oy avval Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Ishchi guruhlar saralashning ikkinchi bosqichi yakunlangach, bir kun muddatda ichida saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar roʻyxatini shaklantirib, Vazirlikka taqdim qiladi va ular toʻgʻrisida maʼlumotlarni elektron platformaga kiritadi.

Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktabda dars berish uchun murojaat qilgan va saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar roʻyxati har yili 10-avgustga qadar Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?