Talabaning oʻqishini Toshkent davlat yuridik universitetiga koʻchirib bermoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

21:54 16 Avgust 2021 Jamiyat
412 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jalaquduq tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro L.N. fuqaro M.ning Qirgʻiziston Respublikasi, Jalolobod shahridagi zamonaviy xalqaro universitetidagi oʻqishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga koʻchirib berish evaziga 3 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?