Talabaning oʻqishini Andijon davlat universitetiga koʻchirib berishni vaʼda qilgan inspektor ushlandi

13:07 14 Avgust 2021 Jamiyat
801 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Marhamat tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat universitetining tijoratlashtirish boʻlimi inspektori X.B. fuqaro N.ning qarindoshining Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh davlat universitetidagi oʻqishini vakolatli tanishlari orqali universitetning “Mehnat” fakultetiga 2-bosqichdan koʻchirib berish evaziga 3 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?