Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 46 foizdan ziyodi ayollarni tashkil etdi

16:37 21 Sentyabr 2022 Jamiyat
533 0

Foto: Arxiv surat

Joriy yilda oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun 1 146 744 nafar abituriyent onlayn roʻyxatdan oʻtdi. Bunda:

— Erkaklar — 542 858 nafar (47,34 %) ni;

— Ayollar — 603 886 nafar (52,66 %) ni tashkil etdi.

Test sinovi natijalariga koʻra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan boʻlib, ularning:

— 102 441 nafari (53,8 %) — erkaklar;

— 87 934 nafari (46,2 %) — ayollar hissasiga toʻgʻri keladi.

Abituriyentlarning test sinovida toʻplagan ballariga eʼtibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball toʻplagan holda talabalikka tavsiya etilganini koʻrish mumkin.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning oʻrtacha oʻtish bali davlat granti asosida:

— Erkaklarda — 114,98 ballni;

— Ayollarda — 127,21 ballni;

Toʻlov-kontrakt asosida:

— Erkaklarda — 90,92 ballni;

— Ayollarda — 101,94 ballni tashkil etgan.

Erkaklar va ayollarda oʻrtacha oʻtish ballarining bunday farq qilishi ular roʻyxatdan oʻtishda tanlagan taʼlim yoʻnalishlari va ulardagi oʻtish ballari bilan bogʻliq.

Taʼlim sohalari boʻyicha foiz hisobida olinganda:

— “Tillar” (85,11 %) va “Taʼlim” (74,49 %) sohalariga ayollar;

— “Transport xizmatlari” (94,53 %) hamda “Arxitektura va qurilish” (87,1 %) sohalariga erkaklar koʻproq talabalikka tavsiya etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?