Talabalarga 2 600 dan ortiq aviachiptalar chegirma bilan sotildi

16:44 09 Yanvar 2022 Jamiyat
866 0

2022-yil 8-yanvar holatiga koʻra, aviakompaniya 50% chegirmani hisobga olgan holda talabalarga 2 600 dan ortiq aviachiptalar sotuvini amalga oshirdi. 

Shuningdek, 7-8-yanvar kunlari aviakompaniya faqatgina Uzbekistan Airways Sales filialida 427 ta imtiyozli chiptani qayta rasmiylashtirdi, hududlarda esa aviachiptalarni qayta rasmiylashtirish aviakompaniya agentlari va aeroport kassalarida amalga oshirilmoqda. 

Maʼlumot uchun, 10.01.2022 ga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalar 23-yanvargacha mavjud reyslarga bepul qayta bron qilib beriladi.

Shuningdek, talabalarning respublika ichida harakatlanishiga boʻlgan talabi yuqoriligini hisobga olgan holda, Uzbekistan Airways 2022-yil 20 — 23-yanvar kunlari Urganch, Nukus, Buxoro, Fargʻona, Qarshi, Termiz va Andijondan Toshkentga qoʻshimcha qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер