Talabalar va oʻquvchilar uchun poyezd chiptalarga berilgan chegirmalar kuni uzaytirildi

22:06 25 Dekabr 2021 Jamiyat
429 0

Oliy va oʻrta taʼlim muassasalari talabalari hamda oʻquvchilarning qishki taʼtilida doimiy turarjoylariga borib kelishlariga qulaylik yaratish maqsadida har yili 28-dekabrdan 10-yanvargacha poyezd chiptalariga berilayotgan 50 foizlik chegirma berish kuni yana 3 kunga uzaytirildi.

Bu haqda «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi» AJ maʼlum qildi.

Xabarda aytilishicha, talabalar va oʻquvchilar 2021-yil 25, 26, 27-dekabr kunlari ham 50 foizlik chegirmadan foydalangan holda chipta olishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер