Talabalar toʻlagan kontrakt pulidan 12 foizini qaytarib olish huquqiga ega

15:21 19 Dekabr 2022 Jamiyat
8699 0

Illustrativ foto

Soliq chegirmasini olish uchun toʻlov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

— oʻz mablagʻlari;

— jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari;

— yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablagʻlari (ssudalar).

Toʻlov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq chegirmasiga boʻlgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

— toʻlovli-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi;

— bank bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

— OTM hisob raqamiga pul mustaqil toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;

— pasport nusxasi va talabaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер