Talabalar taʼtil kunlari onlayn tanlovlarga jalb etilmoqda

13:11 18 Yanvar 2022 Jamiyat
401 0

Qishki taʼtil davrida boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlari onlayn fan olimpiadalari, intellektual viktorinalarga jalb etilmoqda.

Onlayn tanlovlar talabalarda katta qiziqish uygʻotmoqda. Ayniqsa, “Onlayn zakovat” intellektual oʻyini, “7 kunda 7 ta mobil telefon” aksiyasi, kibersport (shaxmat sport turi boʻyicha) musobaqasi, “Zukko kitobxon” viktorinasi, “Eng isteʼdodli talaba” koʻrik-tanlovi, “Munozara” bellashuvi, “Islohotlar bilimdoni”, “Men sevib oʻqigan asar” mavzusidagi debatlarda yigit-qizlar faol ishtirok etib, iqtidor va salohiyatini sinovdan oʻtkazmoqda.

Onlayn tanlovlar va fan olimpiadalari gʻolib-sovrindorlari universitet maʼmuriyati tomonidan zamonaviy rusumdagi planshet, qoʻl telefoni, qimmatbaho elektron qoʻl soati, pul yutuqlari hamda oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara asarlaridan iborat kitoblar toʻplami bilan taqdirlanmoqda.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер