Talaba-oʻquvchilar uchun qishki taʼtil muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi

Maʼlumki, 2021-yil 24-dekabrda davlatimiz rahbari tomonidan oliy taʼlim tizimini tub ijobiy oʻzgarishlarga olib keladigan oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy, akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish borasidagi 2 ta tarixiy qaror imzolandi. Bu bilan esa – Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida yangi davr boshlab berildi.
Tegishli qaror bilan 2022-yil yanvar oyidan boshlab respublikadagi eng salohiyatli 35 ta oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilishi – bu boradagi vazifalarni sifatli tarzda amalga oshirish va hozirdanoq mustahkam poydevor yaratishni talab etadi.
Bu oʻz navbatida, oliy taʼlim muassasalari boshqaruvida yangicha tizim asosida yondashuvni talab etadi.
Shu maqsadda, oliy taʼlim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga masʼullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.
Shu bilan birga, oliy taʼlim muassasalari kredit-modul tizimiga toʻliq oʻtganligi sababli kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilari uchun asosiy ishdan ajralgan holda oʻquvlar barcha oliy taʼlim muassasalarida tashkil etiladi.
Bu jarayonga oliy taʼlim muassasalari huzuridagi barcha professional taʼlim muassasalari hamda akademik litseylar rahbarlari ham jalb etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2021/2022 oʻquv yilining ikkinchi yarmini toʻliq va puxta tayyorgarlik koʻrgan holda boshlash maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun
Oʻz navbatida, qishki taʼtil davrida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylar talaba-oʻquvchilarining vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamkorligida onlayn fan olimpiadalari, intellektual
Talaba-oʻquvchilarga oʻz uylaridan taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida
Va asosiysi, 2022-yilning 11-yanvarigacha boʻlgan muddatga xarid qilingan
Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
- Avariya ishorasi qanday holatlarda yoqiladi?
- “Maʼnaviyat festivali” barchani ezgu maqsadlar yoʻlida birlashtiradi
- Bir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring