Taxtakoʻpirda ishlab chiqarilayotgan osh tuzi Germaniyaga eksport qilinmoqda

16:12 03 Aprel 2024 Iqtisodiyot
398 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Gʻayrat Otajonov/«Xalq soʻzi». Taxtakoʻpir Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimolida joylashgan eng chekka tumanlardan biri. Bu yer aholisi shu paytgacha chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanib kelgan. Bugungi kunda tumanda tadbirkorlik va ishlab chiqarish ham rivojlanyapti.

2020-yilda faoliyatini boshlagan «Good Salt Production» masʼuliyati cheklangan jamiyati osh tuzi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

— Hozirgi kunda korxonamizda 25 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda, — deydi «Good Salt Production» rahbarining oʻrinbosari Seregul Yershayeva. — Uch turdagi yodlangan osh tuzi ishlab chiqarayammiz. 2022-yilda Germaniyaning «Monolith Mitte GmbH» kompaniyasi bilan bir million yevrolik shartnoma imzolangandi. Hozirgi kunga qadar 131 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qilindi. Korxonamizning yillik quvvati 10 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishga moʻljallangan. Dastgohlarni yangilash va ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha amaliy ishlar boshlangan.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, hozirgi paytda Taxtakoʻpirda dehqon va fermer xoʻjaliklarini hisobga olmaganda jami 567 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat koʻrsatmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер