Taxiatosh tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar parlament nazoratida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining Taxiatosh tumanidagi ijrosi yuzasidan parlament va deputatlik nazorati olib borilmoqda.
Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Feruza Eshmatova va senator Ulugʻbek Jalmenov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida boʻlib, mutasaddilar, qolaversa, xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlari bilan uchrashdi. Unda davlatimiz rahbarining mazkur qarori boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, senatorlar Taxiatosh tumanidagi “Tekstil Dilorom” MCHJda boʻlib, “Temir daftar”ga kiritilgan 50 nafar ishsiz xotin-qizni ushbu korxonada ish bilan taʼminlash yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, Senat aʼzolari «Nayman Agro teplitsa», «Atiyaj Gulzar» un zavodi hamda yangidan qurilayotgan yogʻ-moy zavodidagi ish jarayonini ham koʻzdan kechirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring